Foydalanish shartlari
SlangZone'dan foydalanish orqali siz ushbu foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz. Quyidagi shartlardan birortasi buzilsa, barcha hissalaringiz oʻchirib tashlanishi mumkin. Bu qoidalar oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi va toʻldirilishi mumkin.
Sayt mazmuni ayrim foydalanuvchilarga yoqmasligi mumkin. Agar uning mazmuni sizga malol kelsa, iltimos, bu saytdan foydalanmang.
Foydalanuvchi hissasi
Har qanday foydalanuvchi meʼyoriy lugʻatlarda boʻlmagan istalgan norasmiy soʻzni qoʻsha oladi. Foydalanish misolining tili istalgancha boʻlishi mumkin. Taʼrif oʻzbek tilida yozilishi kerak.
Soʻz taʼrifi qoʻshilgach, matnga oid barcha nashr huquqlari SlangZone xizmatiga oʻtadi.
Bu saytda atayin taʼqib qilish va boshqalarni har qanday sabab bilan toʻgʻridan-toʻgʻri haqorat qilish taqiqlanadi. Misollardagi qoʻpol soʻzlar shunchaki hozirgi tilning namunasi boʻlib, hech kimni haqorat qilishga qaratilmagan.
Savollaringiz boʻlsa, bizga Telegram orqali yozing.